Sanjar Shoahmedov: “Asosiysi 3 ochko qo'lga kiritildi”

Narzulla Saydullayev
9 avg 2016, 13:29
Toshkentning “Lokomotiv” klubi 17-turda o'z uyida “Andijon” jamoasini qabul qilib, 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvdan so'ng “temiryo'lchilar” yarim himoyachisi Sanjar Shoahmedov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

-  “Andijon” jamoasi bizga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'rgan ekan. Ular himoyada juda tartibli harakat qilishdi. Shunday bo'lsada, birinchi bo'limni (1:0) hisobida yakunladik. Ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'ynashimiz uchun murabbiyimiz ko'rsatma berdi. O'tkazib yuborilgan golda himoya chizig'imizni ayblamagan bo'lardim. Raqib jamoa qarshi hujumga o'tib, darvozamizni ishg'ol qildi. Eng asosiysi 3 ochko qo'lga kiritildi. Keyingi o'yinda Farg'onada “Neftchi” mehmoni bo'lamiz. O'zingiz ham yaxshi bilasiz “Neftchi” jamoasi bilan o'yinlar azaldan qiyin bo'lib kelgan. Nasib qilsa, u yerdan ham 3 ochko bilan uyga qaytamiz deb o'ylayman”, - deydi “Lokomotiv” klubi futbolchisi Sanjar Shoahmedov.


Jahongir Sotvoldiev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia