Sanjar Quvvatov "Paxtakor" darvoza chizig'idagi raqobat haqida gapirdi

Iskandarov Abdulaziz
8 sen 2023, 08:24
Bu yilgi mavsumda 1-turdan so'ng "Paxtakor" darvoza chizig'i Sanjar Quvvatovga ishonib topshirildi.

 Avval mahoratli posbonga Eldor Suyunov raqobat qilgan, rotatciyalar amalga oshganda ham almashgan holda darvozani qo'riqlardi. Ikkinchi davrada esa belaruslik Pavel Pavlyuchenko olib kelindi. Sanjar Quvvatov darvoza chizig'idagi raqobat haqida quyidagicha fikr bildirdi. Ma'lumot uchun, kiper bu mavsum "sherlar" libosida 17ta uchrashuvda maydonga tushdi.  


"Eldor Suyunov va Pavel Pavlyuchenko milliy terma jamoadagi darvozabonlar hisoblanadi. Tabiiyki, raqobat ham shunga yarasha, deb o'ylayman. Bu narsa futbolchini o'sishiga xizmat qiladi. Raqobat bo'lgani doim yoqimli",- deydi Sanjar Quvvatov. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia