Sanchoga uchta top-klub qiziqish bildirmoqda

Alisher
14 noya 2019, 14:57
Dortmundning "Borussiya" jamoasi o'yinchisi Jeydon Sancho bir necha Yevropa klublari nazariga tushgan.

19 yoshli vinger uchun "Real", "Liverpul" va "Manchester Yunayted" klublari raqobatlashmoqda.

Dortmundliklar esa futbolchi bilan 117 million evro evaziga xayrlashishga tayyorlar.

Angliyalik futbolchi joriy mavsum Bundesligada 9ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Mirror