

Ma'lumotlarga ko'ra, argentinalik "bo'rilar" bilan 3 yillik shartnoma borasida kelishib qo'ygan. Agar kelishuv amalga oshsa, futbolchi Rim klubida yiliga 2,5 mln. evro ishlab topadi.
Ko'p narsa Sabaletaning "Siti" rahbarlari bilan uchrashuviga bog'liq. "Shaharliklar" futbolchini majburlab olib qololmaydi va "Roma"dan himoyachi uchun 3 mln. evro talab qilishi mumkin.



