

Ushbu uchrashuvda 22 yoshli argentinalik futbolchi 2 ta gol urdi.

"U oldinda Lionel Messi bilan birga o'ynaydi va tashqaridan u "Messi, yugurma. Sen uchun hammasini o'zim qilaman" deb aytganday tuyuldi. U Jahon chempionatini zaxira o'rindig'ida boshladi, lekin keyin imkoniyatga ega bo'ldi va zo'r o'ynadi", – dedi Sabaleta.
Argentina terma jamoasi JCH-2022 finalida Fransiyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 18 dekabr, yakshanba kuni bo'lib o'tadi.



