

O'yin haqida
- Jamoamiz a'zolari va muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. "Sho'rtan"ga qarshi o'yin oson o'tmasligini bilardik. Pro ligada bu yildan 8 ta jamoa ishtirok etayapti, 4 davrali o'yinlar bo'ladi. Shu sababdan chempionatda oson o'yinning o'zi yo'q. Bu haqida o'ylashning o'zi noto'g'ri. O'tgan turda "Olimpik Mobiuz" bilan to'qnash keldik, bu uchrashuv ham oson o'tmadi. "Sho'rtan" Superligaga da'vogar klublardan hisoblanadi. Shu boisdan ham bugungi o'yin ham qiyin o'tdi.
- "Xorazm"ning tarkibi deyarli har mavsumda yangilanib ketadi. Bunga sabab nima?
- O'tgan yillarda jamoada moliyaviy qiyinchilik bor edi. Ko'rpaga qarab oyoq uzatganmiz, futbolchilar ham moliyaviy taminot bo'lmasa, bu jamoadan kyetib qolishi mumkin. O'tgan mavsumning ikkinchi qismida bizga homiy biriktirildi. Hozir moliyaviy xolatimiz yaxshi, shundan kelib chiqib saviyaliroq futbolchilarni tarkibga jalb etdik. Har bir o'yinda g'alaba uchun harakat qilib, oldimizdagi vazifani bajarishga harakat qilamiz.
- Bugun "Sho'rtan"ga qarshi hujumkor futbol namoyish etilmaganiga sabab nima?
- Asosiysi natija. Hujumkor o'ynab yutqazgandan qanday naf bor? Chiroyli o'ynab yutqazganimiz bizga foyda bermasdi. Bugungi o'yinga tayyorlagan rejamiz o'zini oqladi, ish berdi deb o'ylayman.




