Ruminiya ustozi Albaniyadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng jurnalist bilan janjallashdi

Aslanov Jasurbek
20 iyun 2016, 06:15
Ruminiya terma jamoasi bosh murabbiyi Angel Yordenesku Albaniyaga qarshi uchrashuvdan so'ng jurnalist bilan janjallashdi.

66 yoshli mutaxassis qachon iste'foga chiqishi va Luchyan Sinmertyan nega ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgani haqidagi savollardan jahli chiqdi.

"Siz juda yomon odamsiz, aytingchi, hayotda nimaga erishdingiz" - deydi Yordenesku.

"Esdan chiqarmanglar, Sinmertyan 36 yoshda. U yosh emas. To'g'ri, u jamoaga yordam berishi mumkin, ammo uchrashuvni boshidan maydonga tusha olmaydi. Terma jamoada qolishim haqida to'xtaladigan bo'lsak, bu savolni federatsiya prezidentiga bering" - deydi Yordenesku.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Prosport.ro