Rossiya terma jamoasi himoyachisi Evro-2020da qatnashmasligi mumkin

Sherzod Nurmatov
6 iyun 2021, 00:47
Rossiya termasi himoyachisi Fyodor Kudryashov Bolgariya termasiga qarshi o'yindan oldingi chigil yozdi mashg'ulot chog'ida jarohatlandi.

Sharhlovchi Pavel Zanozinning aytishicha, Rossiya zaxira o'rindig'ida o'tirganlar Kudryashov Yevropa chempionatini o'tkazib yuborishi mumkinligi haqida xabar qilishgan.

Eslatib o'tamiz, Kudryashov Bolgariyaga qarshi o'yinda asosiy tarkibda o'ynashi lozim edi, biroq uni majburan "Axmat" vakili Andrey Semyonov almashtirgan.

Rossiyaning Evro-2020dagi birinchi o'yini 12 iyun kuni Belgiyaga qarshi kechadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: soccernews.ru