Ronalduning shov-shuvli intervyusiga MYUning munosabati qanday?

Sherzod Nurmatov
14 noya 2022, 13:38
Futbolchilar va MYU ustozi Erik ten Hag hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan "Fulxem"ga qarshi o'yin (2:1) uchun Londonga uchib ketish oldidan bergan intervyusi haqida xabar topdi.

Bu haqda jurnalist Kave Solxekol ijtimoiy tarmoqlar orqali o'rtoqlashdi.

Manbaning qayd etishicha, klub yulduz portugaliyalikning so'zlaridan juda norozi. "Qizil iblislar" xo'jayinlari 37 yoshli futbolchining kelajagi uchun barcha variantlarni ko'rib chiqish niyatida.

"Manchester Yunayted" KriRo nafaqat murabbiylar shtabiga, balki klubning o'ziga, shuningdek, jamoadoshlariga hurmatsizlik ko'rsatdi, deb hisoblamoqda.

Mankunianlar yanvar oyidagi transfer oynasida portugaliyalikdan qutulishlari katta ehtimol.

Ronaldu APL joriy mavsumida 10 ta o'yinda ishtirok etib, 1 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: GiveMeSport