

"Men ten Xagni hurmat qilmayman, chunki u menga hurmatsizlik bildirdi.
Agar sen meni hurmat qilmasang, xech qachon seni hurmat qilmayman.
MYU meni ketishga majbur qildi. Nafaqat murabbiy, balki boshqa bir odam ham. Men o'zimni sodiq hisoblardim. Odamlar meni MYUda ko'rishni istamayotganliklarini tushunib turgandim. Nafaqat bu yil, balki oldingi mavsumlarda ham", - dedi Ronaldu.
Joriy mavsum MYUda ishlari yurishmayotgan Ronaldu mashhur jurnalist Pirs Morganga shov-shuvli intervyu berdi.
Hozircha intervyuning ayrim qismlari e'lon qilindi. To'liq intervyu yaqin kunlarda chiqishi ma'lum qilingan. Morgan ushbu suhbatga Ronaldu ishtirokidagi "eng portlatadigan intervyu" deb tarif berdi.



