Ronaldu 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va 50 ming funt jarimaga tortildi

Оқил Абдубарноев
23 noya 2022, 19:41
Krishtianu Ronaldu autizmga chalingan bolaga tajovuz qilgani uchun jazolandi.

Aprel oyida portugaliyalik forvard autizmga chalingan bolakayning telefonini sindirib tashlagandi.Ushbu epizod APLning 32-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted"ning "Everton"ga (0:1) qarshi o'yinidan so'ng yuz bergandi. Oradan ko'p o'tmay, hujumchi bu voqea uchun uzr so'ragandi.

Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) 37 yoshli futbolchining harakatlarini "zo'ravonlik" deb atadi. Shu bois Ronaldu ikki o'yinga diskvalifikaciya qilindi, 50 ming funt jarimaga tortildi va ogohlantirildi.

Eslatib o'tamiz, kecha "Yunayted" va Krishtianu shartnomani bekor qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: thefa.com