

“Menda “Real”ning byudjeti bo'lganidami? Shubhasiz, Mbappe bilan shartnoma tuzgan bo'lardim. U menga ko'p narsalarni eslatib yubormoqda” deya braziliyalik futbolchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.
Joriy mavsumda Mbappe Fransiya chempionatida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning parijliklar bilan kelishuvi 2022 yilga qadar mo'ljallangan.



