

Ma'lumotlarga qaraganda, rimliklar "Zenit" futbolchisi Syerdar Azmunga qiziqishmoqda. Klub bosh murabbiyi Joze Mourinyo 26 yoshli futbolchini jamoa uchun mos variant deb hisoblaydi.
"Roma" bu borada "Zenit" bilan muloqotga kirishgan.
Eronlik Azmunga shuningdek "Bayer" ham qiziqmoqda. Germaniyaliklar futbolchi uchun 18 million evro to'lashga tayyorlar.
Avvalroq, "Roma" Eldor Shomurodovga ham qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.



