Roberto Soldado faoliyatini yakunladi

Omonjon To`xtamirzayev
4 avg 2023, 13:23
Ispaniya terma jamoas sobiq a'zosi Roberto Soldado 38 yoshida faoliyatini yakunlashini ma'lum qildi.

Forvardning oxirgi jamoasi "Levante" bo'lib, klub safida Roberto 2021 yildan buyon to'p tepib kelayotgandi.

Faoliyati davomida Soldado "Real Madrid", "Osasuna", "Xetafe", "Valensiya", "Tottenxem", "Vilyarreal", "Fenerbaxche" va "Granada" jamoalari sharafini himoya qilgan.

Soldado Ispaniya milliy termasi safida 12 bor maydonga tushib, 7 ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia