Superliga. "Nasaf" Andijonda yirik g'alabaga erishdi, darvozabon gol urdi

Narzulla Saydullayev
20 sen 2026, 19:10
Superliganing 22-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Superliga, 22-tur

"Andijon" - "Nasaf" 1:4

20 sentyabr 2026 yil. Andijon, "Bobur Arena", 17:15

Hakamlar: Akobirxo'ja Shukurullaev, Sanjar Shoyusupov, Abdurashid Erkinov, Nurken Urazbaev

VAR: Jasur Muxtorov

AVAR: Dias Galeev

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Mansur Sarimsoqov

Gollar: Rustam Turdimurodov 21 penalti, - 1:0. Adenis Shala 38, - 1:1 (Umar Eshmurodov). Abbos G'ulomov 53, - 1:2 (Paata Gudushauri). Abduvohid Ne'matov 81 penalti, - 1:3. Yusuf Otubanjo 88, - 1:4.

"Andijon": 1.Eldor Adhamov, 2. Odilbek Abdumajidov (14. Abdurahmon Komilov, 73), 10. Dragan Cheran (11. Xumoyunmirzo Iminov, 59), 15. Nemanya Chalasan, 18. Damir Temirov (9. Imeda Ashortia, 59), 20. Islom To'xtaxo'jaev, 22. Usmonali Ismonaliev, 26. Muhammadkarim Toirov, 27. Martin Boake, 28. Bekzod Sulaymonov (17. Azizbek Turg'unboev, 59), 99. Rustam Turdimurodov (33. Doniyor Abdumannopov, 73).

Zaxira: 19. Artyom Potapov, 5. Abdulvohid G'ulomov, 8. Shohmalik Komilov, 70. Hamidullo Karimov.

"Nasaf": 1.Abduvohid Ne'matov, 2. Alibek Davronov, 4. Akramjon Komilov, 5. G'olib G'aybullaev, 7. Adenis Shala, 8. Zafarmurod Abdirahmatov, 10. Bobir Abdixoliqov (20. Yusuf Otubanjo, 71), 15. Oybek Rustamov, 70. Abbosjon G'ulomov, 77. Paata Gudushauri (27. Yashnarbek Berdirahmonov, 76), 92. Umarbek Eshmurodov.

Zaxira: 82. Asilbek No'monov, 14. Sharof Muhitdinov, 34. Asadbek Ramilov, 40. Behruz Soatov, 76. Zafar Sadullaev, 80. Davronbek Usmonov.

Ogohlantirishlar: Bekzod Sulaymonov 23.

MATNLI TRANSLYATSIYA

90+3. O'yin tugadi. “Andijon“ - “Nasaf“ 1:4

90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shildi

88. GOL! YUSUF OTUBANJO! Chap qanotdan jarima maydoniga kirib gol urdi - 1:4.

87. ZARBA! G'olib G'aybullaevning uzoqdan zarbasidan keyin Adhamov to'pni ushlab oldi

81. GOL! ABDUVOHID NE'MATOV! Penaltidan gol urdi! 1:3

80. PENALTI! “Andijon“ darvozasi tomon. Islom To'xtaxo'jaev to'pni qo'li bilan o'ynadi

78. Bosh hakam VARni ko'rmoqda

76. O'zgarish. "Nasaf". Gudushauri o'rniga Berdirahmonov tushdi

73. O'zgarishlar. "Andijon". Abdumajidov va Turdimurodov o'rniga Komilov va Abdumannopov tushdi

71. O'zgarish. "Nasaf". Abdixoliqov o'rniga Otubanjo tushdi

59. O'zgarishlar. "Andijon". Sulaymonov, Temirov va Cheran o'rniga Turg'unboev, Ashortia va Iminov tushdi

53. GOL! ABBOS G'ULOMOV! 1:2. Paata Gudushauri o'ng tomondan uzatgan to'pini G'ulomov boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi.

49. ZARBAAAA! Cheranning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi!

46. Ikkinchi taym boshlandi

45+2. Birinchi taym tugadi, hozircha 1:1

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi.

38. GOL! ADENIS SHALA! Eshmurodovning to'p uzatishidan keyin Shala uzoq masofadan gol urdi 1:1!

35. ZARBAAA! Bobir Abdixoliqovning yaqin masofadan bosh bilan yo'llagan zarbasidan keyin Adhamov to'pni qaytardi!

28. UXX! Cherandan to'p uzatish, Ismonalievning bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

23. Ogohlantirish. “Andijon“. Bekzod Sulaymonov

21. GOL! RUSTAM TURDIMURODOV! 1:0. Penaltidan Turdimurodov gol urdi.

19. PENALTI! “Nasaf“ darvozasi tomon!

18. Bosh hakam VAR ni ko'rmoqda,

17. “Andijon“da jarima to'pi, Damir Temirovning darvozaga tepgan to'pi Bobir Abdixoliqovning qo'liga tegib darvozaga bordi, Ne'matov to'pni qaytardi!

10. Dastlabki 10 daqiqada jamoalar raqibni o'rganishdi, xavfli vaziyat sodir bo'lmadi

1. O'YIN BOSHLANDI!

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia