Roberto Soldado jamoasini o'zgartirdi

Mirjalol Normatov
28 iyun 2021, 22:12
Hujumchi Roberto Soldado "Granada"dan "Levante"ga o'tdi.

Transfer summasi hozircha ochiqlanmagan. 36 yoshli Soldado "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

O'tgan mavsumda futbolchi 43 o'yinda qatnashib, 14 gol urdi.

Bunga qadar u "Osasuna", "Xetafe", "Valensiya", "Tottenxem", "Vilyarreal" va "Fenerbaxche" kabi jamoalar tarkibida ham harakat qildi.

Ispaniya termasida esa 12 o'yinda 7 bora raqib postini ishg'ol qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal