Rasman: Roberto Soldado Ispaniyaga qaytdi

Alisher
15 iyul 2019, 18:34
"Fenerbaxche" hujumchisi Roberto Soldado o'z yurtiga qaytdi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

34 yoshli futbolchi "Granada" bilan bir yilga mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Tomonlar bir yildan so'ng shartnomani uzaytirishlari mumkin.

Futbolchi ertaga yangi klubida tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Soldado so'nggi 2 yil ichida "Fenerbaxche" sharafini himoya qilgan. U yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 25ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/GranadaCdeF