"Granada" Soldado bilan hamkorlikni davom ettiradi

22 iyul 2020, 22:22
Ispaniyaning "Granada" klubi matbuot xizmati jamoa hujumchisi Roberto Soldado bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qildi.

"Real", "Valensiya" va "Tottenxem" sharafini himoya qilgan futbolchi endi "Granada" tarkibida 2021 yilga qadar qoladi.

Ma'lumot uchun, 2019/20 yilgi mavsumda 39 uchrashuvda maydonga tushgan Soldado 11 gol, 7 ta samarali uzatmaga mualliflik qilgan. 35 yoshli forvard "Granada" tarkibiga 2019 yilning yozida "Fenerbaxche"dan kelib qo'shilgan edi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/GranadaCdeF