La Liga. "Barselona" Rafinyaning xet-trigi evaziga "Sevilya"ni mag'lub etdi

20 sen 2026, 01:55
Ispaniya La Ligasi 7-turidan o'rin olgan bahs yakunlandi.

"Sevilya" - "Barselona" 1:3

Gollar: 19 - Yussuf Fofana, 22, 52, 69 - Rafinya

“Sevilya”: 1. Odisseas Vlaxodimos, 2. Xuan Iglesias, 5. Andres Kastrin, 17. Gabriel Suaso, 12. Aruna Sangante (22. Xose Anxel Karmona, 68’), 6. Lyusen Agume, 30. Migel Serra (18. Xon Guridi, 78’), 20. Felish Korreya (21. Chidera Ejuke, 59’), 24. Yussuf Fofana (7. Alfonso Gonsales, 78’), 8. Georgiy Kochorashvili (16. Isaak Romero, 68’), 9. Robbi Yur.

Zaxira: 13. Fran Gonsales, 23. Markan, 3. Xulio Dias, 34. Iker Munos, 14. Manuel Bueno, 27. Niko Gilen, 10. Peke.

“Barselona”: 25. Dominik Livakovich, 24. Erik Garsiya, 5. Pau Kubarsi, 15. Andreas Kristensen (18. Jerard Martin, 59’), 2. Joau Kanselu, 16. Rodri, 8. Pedri (22. Mark Bernal, 86’), 10. Lamin Yamal, 11. Rafinya (14. Karim Adeyemi, 76’), 17. Entoni Gordon (9. Gabriel Jezus, 86’), 7. Fermin Lopes (20. Dani Olmo, 76’).

Zaxira: 13. Voycex Shensni, 3. Aleks Balde, 23. Jyul Kunde, 6. Gavi, 12. Xavi Espart, 29. Xamza Abdulkarim, 35. Iker Rodriges.

Ogohlantirishlar: 80 - Lyusen Agume

90+5. O'yin yakunlandi.

90+4. Isaakning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.

90+1. Bernalning zarbasi noaniq ketdi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

90. Adeyemi raqib himoyachilarini aldab o'tib, darvozaga zarba berdi va yana “Sevilya” posbonidan seyv!

88. Olmo jarima zarbasidan darvoza tomon kuchli zarba berdi, to'pni esa Vlaxodimos qaytardi! Super seyv!

84. Yamalning jarima zarbasidan tepgan to'pi jonli devordan o'tmadi.

81. Adeyemiga yaxshi to'p uzatilgandi, biroq mezbon himoyachilar yaxshi harakat qilib, to'pni olib qo'yishdi.

80. Uchinchi goldan so'ng mezbonlar o'yinni “tashlab yuborishdi”. Jamoaning hujumga o'tish istagi yo'q, deyarli.

78. Yamal chapdan oldinga kirib borib to'pni makazga uzatdi, biroq Olmo darvoza tomon zarba berolmay qoldi.

76. Uchrashuv qahramoni Rafinya zaxiraga ketdi, sevilyaliklar sel engil nafas olishadi.

71. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishi uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

70. Agar mezbonlar qanaqadir mo'jiza ko'rsatmasa, bahs masalasi hal.

gettyimages-2296121446-2048x2048.jpg

69. GOL! Rafinyadan xet-trik! Yamalning zargarona uzatmasidan so'ng Rafinya to'p darvozabonning ustidan oshirib, darvozaga kiritdi!

68. “Sevilya” biryo'la ikkita o'zgarishga qo'l urdi ayni shu pallada.

63. Rodrining erlatib bergan zarbasi noaniq bo'ldi.

gettyimages-2295524167-2048x2048.jpg

62. GOL! Rafinyadan dubl! Braziliyaliklar forvard uzatib berilgan to'pni darvoga joyladi.

60. Har ikki jamoada ham bittadan o'zgarish amalga oshirildi.

51. Ikki jamoa oldinga o'tmoqda, ammo naf chiqmayapti.

45+4. Dastlabki bo'lim yakunlandi.

45+4. “Sevilya” ajoyib tarzda qarshi hujumga o'tdi, ammo Korreya juda vaziyatda to'pni oldirib qo'ydi…

45. Birinchi bo'ilm 4 daqiqa qo'shib berildi.

42. O'yin tempi biroz paasaydi deyishimiz mumkin.

30. Yana xavfli hujum mehmonlar jarima maydonchasi oldida, Livakovichdan seyv!

28. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishi uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

23. Yurning uzoqdan yo'llagan zarbasi aniq bo'lmadi.

23. “Barsa” tez reakciya ko'rsata oldi.

gettyimages-2296112787-2048x2048.jpg

22. GOL! Rafinya hisobni tenglashtirdi! Braziliyalik futbolchi o'ziga uzatilgan to'pni to'g'rilab olib zarba berdi va bu aniq bo'ldi!

22. Robbi o'ziga uzatilgan to'pni moslashtira olmadi, yo'qsa xavfli hujum bo'lardi.

21. Gordonning darvoza tomon bergan zarbasi noaniq bo'ldi.

gettyimages-2296112720-2048x2048.jpg

20. Endi “yonadi” o'yin, endi “Barsa” tinch qo'ymaydi.

19. GOL! Fofana hisobni ochdi! Chap qanotdan uzatilgan to'pni Yussuf bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi!

17. To'p nazoratini to'liq kataloniyaliklarda deb bo'lmaydi. Maydon egalari ham faollik ko'rsatmoqda.

8. Yamalning uzoqdan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi.

2. Dastlabki daqiqalarda har ikki jamoa vakillari ham faol, navbati bilan hujumlar uyushtirishmoqda.

1. O'yin boshlandi.

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Ispaniya La Ligasi 7-tur doirasidagi "Sevilya" - "Barselona" bahsining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia