Soldado "Levante" o'yinchisiga aylandi

Alisher
29 iyun 2021, 11:07
Taniqli ispaniyalik hujumchi Roberto Soldado yangi klubga o'tdi.

36 yoshli hujumchi "Levante"ga o'tdi. Bu haqda klub rasmiy matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Roberto yangi jamoasiga erkin agent maqomida o'tdi.

O'yinchi 2019 yildan beri to'p tepgan "Granada" klubi bilan shartnomasini bekor qildi. Forvard o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 43ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/LevanteUDr