"Real"ga "Arsenal" futbolchisi kerak

Mirjalol Normatov
2 dek 2018
"Real" rahbariyati "Arsenal" futbolchisi Aaron Remzining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"Eurosport" xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" ayni damda Garet Beylni ketkazib yuborib, uning o'rniga vatandoshini olib kelishmoqchi.

Remzining "kanonirlar" bilan shartnomasi yozda yakuniga etadi. Uning xizmatlariga "Bavariya", PSJ va "Yuventus" kabi jamoalar qiziqish bildirmoqda.

Bu mavsumda Remzi "Arsenal" tarkibida 18 o'yinda qatnashib, 2 gol urdi va 4 golga assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Eurosport