"Real" "Yuve" yulduzi bilan shartnoma imzolashi mumkin

Mirjalol Normatov
11 iyul 2018, 10:59
"Yuventus" forvardi Paulo Dibala faoliyatini "Real"da davom ettirishi mumkin.

"Marca" xabariga ko'ra, "qirollik klubi"dagilar 24 yoshli argentinalikni Krishtianu Ronalduning vorisi deb hisoblashmoqda. Shuningdek, "Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri va Dibalaning o'rtasidagi munosabatlar biroz yomonlashgan. Shu boisdan futbolchining o'zi ham jamoani tark etishi mumkin.

Oldinroq "Liverpul" Dibala uchun 90 mln evro to'lay olmasligi va u uchun kurashdan chiqib ketgani borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca