

Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning xabar qilishicha, tomonlar allaqachon yangi kelishuv borasida muzokaralarni boshlab yuborishgan. "Qirollik klubi" rahbariyati fransiyalik futbolchiga 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan bitim taklif qilmoqchi.
Eslatib o'tamiz, 26 yoshli Rafael Varan "Real" tarkibiga 2011 yilda Fransiyaning "Lans" klubidan kelib qo'shilgandi. Uning "qaymoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2021/22 yilgi mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan.




