"Real" va MYU sobiq o'yinchisi Xaynce 13 o'yindan so'ng "Atlanta"dan iste'foga chiqarildi

Alisher
19 iyul 2021, 18:24
Gabriel Xaynce "Atlanta" bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarildi.

43 yoshli mutaxassis MLS chempionatidagi 13 o'yindan so'ng jamoani tark etdi.

Xaynce qo'l ostida jamoa 13ta o'yinda atigi 2ta g'alabaga erishdi.

Bundan tashqari, klub 7 bor durang o'ynadi va Sharqiy konferenciyada 10-o'rinni egallab turibdi.

"Biz mavsumning bu bosqichida qabul qilishni xohlamagan qaror, ammo bu klub uchun to'g'ridir", - deydi "Atlanta" prezidenti Darren Ils.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal