Xaynce "Nyuells Old Boyz"ni boshqaradi

Оқил Абдубарноев
26 okt 2022
"Nyuells Old Boyz" bosh murabbiyi lavozimiga Gabriel Xaynce tayinlanganini e'lon qildi.

“Biz mamnuniyat bilan xabar qilamizki, Gabriel Xaynce jamoamizning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi”, - deb yozadi klub rasmiy Tvitter sahifasida. Shartnoma shartlari ko'rsatilmagan.

Argentina terma jamoasining sobiq futbolchisi futbolchilik faoliyatini aynan "Nyuells Old Boyz"da boshlagan, keyinroq Yevropada PSJ, “Manchester Yunayted” va “Real” kabi jamoalarda o'ynagach, yana o'z vataniga qaytgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/Newells