"Real" va "Inter" Husanovni safiga qo'shib olishni istagan. Fabricio Romano tafsilotlar bilan bo'lishdi

Sherzod Nurmatov
28 fev 2025, 18:58
Taniqli insayder Fabricio Romanoning aytishicha, "Real" va "Inter" O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovga qiziqish bildirgan.

"Husanov? U "Real"ning iyundagi ro'yxatida bo'lgan. "Inter" ham u haqida o'ylagan va kuzatib borgan, ammo yanvarda 40 mln bilan "Manchester Siti" kelgandi... Endi "Inter" yozda himoya masalasida muhim transfer harakatini amalga oshiradi", – dedi Romano.

"Manchester Siti"ga kelib qo'shilganidan buyon Husanov yangi jamoasi tarkibida 6 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi.

Avvalroq Abduqodir "Manchester Siti"ning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo'lishga da'vogarlik qilayotgani ma'lum bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Viva el Futbol