"Manchester Siti" fevral oyining eng yaxshi futbolchisini aniqlamoqda. Nomzodlar ichida Abduqodir Husanov ham bor

Sherzod Nurmatov
28 fev 2025, 16:16
"Shaharliklar" rasmiy sayti yakunlanayotgan oyning eng yaxshi futbolchisi aniqlanayotganini ma'lum qildi.

Kuchli uchlikdan Erling Holand, Abduqodir Husanov va Yoshko Gvardiol o'rin olgan.

Hujumchi Erling Holand fevralda 5 o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi. Markaziy himoyachi Abduqodir Husanov 5 o'yinda qatnashib, 1 ta to'p kiritdi. Qanot himoyachisi Yoshko Gvardiol esa 6 o'yinda ishtirok etib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ovoz berish uchun ushbu havola orqali kiring.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: mancity.com