“Real Sosedad” prezidenti: “Edegor yana bir mavsum bizda qolishiga umid qilamiz”

7 fev 2020, 22:55
“Real Sosedad” klubi prezidenti Xokin Aperribay jamoasi safida ijara asosida to'p tepyotgan Martin Edegor haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Real – jentelmenlar klubi. Biz uni ikki yilga ijaraga olganmiz.

Edegor bilan hammasi aniq. Kelishuvlar o'zi kuchida qolishiga ishonaman. Qolaversa, u “Real” futbochisi. Agar bu uchun boshqattan muzokara olib borish kerak bo'lsa, biz buni amalga oshirishga tayyormiz”, deydi Aperribay.

Ilgariroq “Real” o'z futbolchisini belgilangan kelishuvdan ertaroq Madridga qaytishi uchun “Sosedad”ga 4 million evro to'lashi mumkinligi haqida xabarlar chiqqandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca