"Real" safida deyarli 1 yil gol urolmagan Yovich "Ayntraxt"dagi 1-o'yinida dubl qayd etdi

18 yanv 2021, 00:44
Ijara asosida Frankfurtning "Ayntraxt" klubida o'ynayotgan "Real" hujumchisi Luka Yovich "Shalke" bilan o'yinda dublga erishdi (3:1).

Serbiyalik futbolchi o'yinning 62-daqiqasida maydonga chiqarildi. Bu uchrashuv Yovich uchun "Real"dan qaytganidan keyin "Ayntraxt" libosidagi birinchisi bo'ldi. 

Bundesliga 1, 16-tur

"Ayntraxt F" - "Shalke-04" - 3:1 

Gollar: Andre Silva, 28 (1:0). Xoppe, 29 (1:1). Yovich, 72 (2:1). Yovich, 90+1 (3:1).

"Ayntraxt F": Trapp, Xasebe, Abraam, Xinteregger (Xrustich, 53), Durm (Yovich, 62), N`Dika, Kostich, Sou, Barkok (Kamada, 80), Yunes (Ture, 79), Andre Silva.

"Shalke-04": Fermann, Nastasich, Kolashinac, Ozan Kabak, Bekker, Stambuli, Raman (Bozdogan, 61), Syerdar, Xarit (Ochipka, 79), Ut, Xoppe (Kutudju, 87)

Ogohlantirish: Kutudju, 87.

Eslatib o'tamiz, Yovich "Real Madrid" tarkibida so'nggi bor o'tgan yilning 9 fevralida to'p kiritgan edi.

Rasman: Yovich sobiq jamoasiga qaytdi 

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia