"Real" Pogba borasida taklif tayyorlayapti

Aslanov Jasurbek
20 apr 2019, 11:40
"Real" yozgi transfer oynasida "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbani xarid qilishga urinib ko'radi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "qaymoqranglilar" ustozi Zinedin Zidan "qizil iblislar"ning 26 yoshli futbolchisiga bo'lgan qiziqishni yo'qotgani yo'q. "Qirollik klubi" murabbiyning qizqishini hisobga olib, yozgi transfer oynasida MYUga taklif yuboradi.

Pogba joriy mavsum "Manchester Yunayted" safida 42ta uchrashuvda maydonga tushib, 16ta gol urdi va 11ta golli pas berdi. Futbolchining transfer narxi 100 mln. evro.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun