“Real” La Liga so'nggi turi uchun futbolchilar qaydnomasini e'lon qilindi

Eldor Akmurzayev
18 iyul 2020, 21:35
La Liga 38-turi doirasida “Leganes”ga qarshi o'tadigan bahs 20 iyulga o'tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.

Qaydnomadan ma'lum sabablarga ko'ra Garet Beyl, Eden Azar va Xames Rodriges o'rin olmagan. Marseloda esa jarohat bor.

Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Alfons Areolya va Diego Altube.

Himoyachilar: Daniel Karvaxal, Eder Militao, Serxio Ramos, Rafael Varan, Nacho Fernandes va Ferlan Mendi.

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Federiko Valverde va Isko.

Hujumchilar: Karim Benzema, Lukas Vaskes, Luka Yovich, Marko Asensio, Braim Dias, Mariano Dias, Vinisius Junior va Rodrigo Goes.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/realmadrid