"Real" - "Barselona". Isko "Qirollik klubi" qaydnomasiga kiritilmadi

Aslanov Jasurbek
27 fev 2019, 17:55
"Real" murabbiylar shtabi "Barselona"ga qarshi bo'lib o'tadigan Ispaniya Kubogi yarim final javob uchrashuvi uchun 20 kishilik qaydnomani e'lon qildi.

Santyago Solari qaydnomaga yarim himoyachi Iskoni kiritmadi.

Darvozabonlar: Navas, Kurtua, Luka.

Himoyachilar: Karvaxal, Ramos, Varan, Nacho, Marselo, Odriosola, Reguilon.

Yarim himoyachilar: Kroos, Modrich, Kasemiro, Valverde, Asensio, Sebalos.

Hujumchilar: Benzema, Beyl, Vaskes, Vinisius.

Bahs 28 fevralga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi ilk o'yin 1:1 hisobida yakunlangan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: realmadrid.com