"Real" adidas kompaniyasidan oladigan mablag'i 3 baravardan ko'proqqa oshishi mumkin

Aslanov Jasurbek
13 apr 2019, 12:12
"Real" va Germaniyaning Adidas kompaniyasi yangi shartnoma imzolashi mumkin.

Ma'lumotlarga kshhra, "Qirollik klubi" ayni damda nemis kompaniyasidan yiliga 40 mln. evro oladi. "Qaymoqranglilar" adidas bilan yillik to'lov 100 mln. evro va yana 50 mln. evro bonusi mavjud bo'lgan bitim imzolamoqchi. "Real"dagilar shu yo'l bilan "Barselona"ga yaqinlashib olmoqchi. Kataloniya klubi har yili Nike kompaniyasidan 155 mln. evro oladi.

"Real" va adidas o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2020 yilda yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS