Rasmiy xabar. Arsenal Uelbekni sotib oldi

Narzulla Saydullayev
2 sen 2014, 07:15
Arsenal Manchester Yunayted hujumchisi Denni Uelbekni sotib oldi.
London klubi 23 yoshli Angliya terma jamoasi a'zosi bilan uzoq muddatli shartnoma tuzdi, bu haqda kanonirlar rasmiy sayti xabar berdi.

Goal.com nashrining xabariga ko'ra, Arsenal Uelbek bilan 4+1 tizimida shartnoma tuzdi. Hujumchi haftasiga 100 ming funt maosh oladi, London klubi MYUga 16 million funt to'laydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru