Rasman: Portugaliya bilan Evro chempioni bo'lgan va UEFA Millatlar Ligasida g'olib bo'lgan Santush - Ozarbayjon bosh murabbiyi

Tolibjon Qosimov
12 iyun 2024, 15:52
Portugaliyalik mutaxassis Fernandu Santush Ozarbayjon terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Bu haqda Ozarbayjon Futbol Federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Santush Portugaliya terma jamoasi bilan Yevropa chempioni bo'lgan va UEFA Millatlar ligasida g'olib chiqqan. Uning oxirgi ish joyi Turkiyaning "Beshiktosh" klubi bo'lgan.


Eslatib o'tamiz, Ozarbayjon terma jamoasi Evro-2024 saralashining "F" guruhida 7 ochko bilan to'rtinchi pog'onani band etgan va Yevropa chempionati yo'llanmasini qo'lga kirita olmagan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: instagram.com/affa_official