

Polsha terma jamoasida yangi mutaxassis ish boshladi. Polsha termasi bosh murabbiyi lavozimini Mixal Probej egalladi, deb xabar berdi Polsha Futbol Ittifoqi rasmiy sayti. U avvalroq Polsha U-21 terma jamoasini boshqargan.
Bungacha Polsha terma jamoasini Fernandu Santush boshqarib kelayotgan edi. U 5 ta uchrashuvdan 3 tasida mag'lubiyatga uchragach, iste'foga chiqarildi.



