Santush Ronalduning JCHda zaxirada qoldirilgani sababini aytdi

Mirjalol Normatov
9 yanv 2024
Portugaliya termasining sobiq bosh murabbiyi Fernandu Santush JCH-2022da Krishtianu Ronalduning zaxirada qoldirilgani sababini aytdi.

"Ronaldu dastlabki 3 o'yinda o'ynadi, keyinchalik taktikalarni almashtirdik va uni zaxirada qoldirdik. Bu raqib jamoalarning yo'nalishiga qarab chiqarilgan qaror edi. O'shanda butun murabbiylar shtabi bilan birgalikda jamoa uchun eng yaxshisini tanlashga harakat qilganmiz.

Agarda biz turnirdan chiqib ketmaganimizda, buni muhokama ham qilmasdingiz. Barchasi taktikaga bog'liq edi", - dedi "Beshiktosh" bosh murabbiyi.

Eslatib o'tamiz, Portugaliya termasi Marokashga yutqazib, JCHdan chiqib ketgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: As