Rasman: Manchini ketdi

Mirjalol Normatov
24 okt 2024
Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi matbuot xizmati terma jamoa bosh murabbiyi Roberto Manchini iste'foga chiqarilganini ma'lum qildi.

"Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi direktorlar kengashi va Roberto Manchini bugun o'zaro shartnomani bekor qilish borasida kelishuvga erishdi. Kengash janob Manchiniga kelgusi faoliyatida omad tiladi. Kengash yangi bosh murabbiyni aniqlab oldi. Bu shartnoma imzolash ishlari yayakuniga etganidan keyin rasman e'lon qilinadi", - deb yoziladi rasmiy bayonotda.

Ma'lumot uchun, Saudiya Arabistoni termasi so'nggi 5 o'yinning faqatgina bittasida g'alabaga erishdi. Terma o'z maydonida Iordaniya va Yaponiyaga mag'lub bo'lgan bo'lsa, Indoneziya va Bahrayn bilan durang o'ynadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia