

"Arilar" rasmiy saytining xabar berishicha, klub Ukraina terma jamoasi hujumchisi Andrey Yarmolenko bilan shartnoma tuzdi.

Kelishuv 2021 yilning yozigacha mo'ljallangan. Futbolchi yangi klubida 9-raqamda to'p tepadi. Oldinroq, "Borussiya" Kievning "Dinamo" klubiga Yarmolenko uchun 30 mln. evro to'lashi e'lon qilingan edi.



