Rasman: Azizbek Xolmurodov - OKMK futbolchisi

Alisher
13 yanv 2024, 20:20
Olmaliqning OKMK klubi navbatdagi transferni e'lon qildi.

"Jamoamiz bo'lajak mavsum oldidan navbatdagi transferini e'lon qiladi!

Azizbek Xolmurodov 2003 yil 18 sentyabr sanasida Qashqadaryoning Qarshi shahrida tavallud topgan. Azizbek Xolmurodov Nasaf futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Maydondagi joylashuvi yarim himoyachi. Shuningdek, ikkala qanotda ham birdek harakatlana oladi.

Futbolchi 2023 yilgi Superliga mavsumida Nasaf va Turon jamoalari safida umumiy hisobda 11 o'yinda maydonda harakat qilib, 1ta golli to'puzatmaga mualliflik qilgan.

Azizbek Xolmurodov shu kunga qadar Qarshining Nasaf, Toshkentning Olimpik va Yaypanning Turon jamoalarida to'p tepgan.

Yosh iqtidorli futbolchi bo'lajak mavsumdan e'tiboran konchilar sharafini himoya qiladi. OKMK va futbolchi o'rtasida 2 yillik shartnoma imzolandi.

OKMK jamoasining ahil oilasi a'zosiga aylangan Azizbek Xolmurodovga konchilar safidagi faoliyatiga omad va muvaffaqiyat tilab qolamiz!

OKMK ahil oilasiga xush kelibsan, Azizbek!", - deyiladi klub xabarida.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia