Rangnik "Manchester Yunayted" murabbiyi sifatida "Kristal Pelas"ga qarshi o'yinda debyut qiladi

Sherzod Nurmatov
2 dek 2021, 19:45
"Lokomotiv" sobiq menejeri Britaniya vizasini oldi.

"Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi Ralf Rangnikka Buyuk Britaniyaga mehnat vizasi berildi. 

U klub boshqaruvidagi ilk o'yinini 5 dekabr kuni "Kristal Pelas" bilan bahsda o'tkazadi. Angliya Premer-ligasining 15-turidan o'rin olgan uchrashuv "Old Trafford"da bo'lib o'tadi. 

Makl Kerrik qo'l ostidagi "Manchester Yunayted" bugun o'z maydonida "Arsenal" bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC