Raneri yozda "Seltik" boshqaruvini o'z qo'liga olishi mumkin

Narzulla Saydullayev
16 may 2019, 12:10
"Roma"ning vaqtinchalik bosh murabbiyi italiyalik mutaxassis Klaudio Raneri yozda "Seltik" jamoasining boshqaruvini qo'lga olishi mumkin.

OAVning so'zlariga ko'ra, Shotlandiya jamoasi rahbarlari 2019 yil fevralda Brendan Rojers "Lester"ga ketganidan so'ng jamoani boshqarib turgan Nil Lennonning o'rniga nomzod qidirishyapti.

Avvalroq, jamoaga Slaven Bilich bosh murabbiy bo'lishi mumkinligi to'g'risidagi mish-mishlar tarqagandi.

67 yoshli Raneri mavsum so'nggida jamoadan ketishi mumkin.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Daily Mail