Lingard Janubiy Amerikadan jamoa topdi

Оқил Абдубарноев
22 fev 2026
Xabarlarga ko'ra, ettita klub – shu jumladan, "Vest Xem", "Seltik" va "Midlsbro" u bilan shartnoma imzolash imkoniyatidan bosh tortgani haqidagi ma'lumotlardan so'ng, Jessi Lingard yangi jamoaga o'tishga yaqin turibdi.

O'tgan yilning dekabr oyida Lingard K-Liga vakili "Seul" jamoasi bilan shartnomasini o'zaro kelishuvga ko'ra bekor qilgan edi.

2024 yilning fevral oyida "Nottingem Forest"dagi qisqa muddatli faoliyatidan so'ng Janubiy Koreya klubiga qo'shilgan 33 yoshli hujumkor yarim himoyachi K-Liga doirasida jami 65 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 18 ta gol yozdirib qo'ygan.

Oradan uch oy o'tganiga qaramay, Lingard hamon erkin agent maqomida qolmoqda. Biroq u Braziliyaning unchalik mashhur bo'lmagan "Remo" klubiga o'tish arafasida turibdi.

"Globo" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, "Remo"ning taklifidan so'ng "muzokaralarda ijobiy siljish kuzatilgan".


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Globo