Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi "Seltik"ka o'tdi

Sherzod Nurmatov
9 fev 2026, 14:21
"Arsenal" va "Liverpul" sobiq o'yinchisi Aleks Oksleyd-Chemberlen rasman Shotlandiyaning "Seltik" jamoasi futbolchisiga aylandi.

Angliyalik futbolchi Glazgo klubi bilan joriy mavsum oxirigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Oksleyd-Chemberlen Shotlandiyaga erkin agent maqomida ko'chib o'tdi. Tajribali yarim himoyachining oxirgi klubi Turkiyaning "Beshiktosh"i bo'lib, u 2025 yilning yozida mazkur jamoani tark etgan. U yerda 50 o'yin o'tkazib, 5 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: celticfc.com