Raneri: “Superliga tufayli “Lester” kabi hikoyalardan ayrilamiz”

Eldor Akmurzayev
20 apr 2021, 21:45
“Sampdoriya” ustozi Klaudio Raneri Yevropa Superligasi tashkil etilganiga munosabat bildirdi.

“Bu juda achinarli… Superliga – bu juda yomon, umid qilamanki, UEFA ularga musobaqani o'tkazishni taqiqlaydi. “Lester” hikoyasi o'zgacha bo'lgandi va biz bu kabi tarixiy lahzalarni yo'qotishimiz mumkin.

Gap faqat futbolchilarda emas, hindlar va inglizlar “Lester”ning chempionligini birgalikda nishonlaganlarini eslayman”, deydi mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, Raneri 2016 yil "Lester" bilan sensacion tarzda APL chempionligini qo'lga kiritgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano