

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Dekabr oyida futbolchida shish aniqlangan edi. Futbolchi jarrohlik amaliyotini boshidan kechirdi. Ikki oydan so'ng Alvares maydonga qaytdi, ammo iyunda shifokorlar testlardan birida g'alati holatga duch kelishdi.
Aynan shu sabab tufayli Eray Alvares yoshlar o'rtasidagi Yevropa chempionatida Ispaniya terma jamoasiga yordam bera olmadi va o'z klubi bilan mavsumoldi yig'inda ishtirok etmadi.
"Iyunda o'tishi kerak bo'lgan davolanish jarayoni yakunlandi. Alvares yaqin kunlari ichida mashg'ulotlarni boshlaydi" - deyiladi klub bayonotida.
