

22 yoshli ispan bilan yangi bitim 2022 yilning yozigacha belgilangan. Avvalgi kelishuv 2018/19 mavsum oxirida yakunlanishi kerak edi. Shartnomada futbolchiga 30 mln. evro miqdorida badal puli belgilandi.
Eray Alvares "Atletik" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda himoyachi klub safida 18 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli pas berdi.
