"Qo'qon-1912": Ikki futbolchimiz Universiada-2016 musobaqasida qatnashmoqda

Narzulla Saydullayev
9 apr 2016, 11:09
Ma'lumki, joriy yilda Farg'onada talabalarning shijoat, matonat va mahorat ko'rigi – “Universiada – 2016” musobaqalarning final bosqichi bo'lib o'tadi.

Ayni kunlarda viloyatmizda mazkur sport bayramiga qizg'in tayyorgarlik ko'rilmoqda.

Ushbu turnirning futbol musobaqasiga esa start berildi. Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyat terma jamoalari mintaqalarga bo'lingan holda saralash bahslarini boshlab yuborishdi. O'z mintaqalarida g'olib bo'lgan jamoalar final bosqichiga yo'llanma oladilar.

Ayni kunlarda bo'lib o'tayotgan saralash o'yinlarida “Qo'qon-1912” jamoasining ikki nafar o'yinchisi ham ishtirok etishmoqda. Iqbol Malikjonov Farg'ona viloyati terma jamoasi sharafini himoya qilayotgan bo'lsa, Navro'z Alimov Qoraqalpog'iston Respublikasi terma jamosi safida to'p surmoqda.

Har ikki futbolchimizga ham Universiada o'yinlarida omad tilab qolamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz