"Qo'qon-1912": 11 yil, 4 oy, 13 kun kutilgan gol

Narzulla Saydullayev
15 mar 2015, 15:26
Qo'qonning "Qo'qon-1912" jamoasi 2003 yildan buyon oliy ligada ishtirok etmay kelayotgandi.
Kuni kecha jamoa elitaga qaytishini g'alaba bilan nishonladi. Orif Mamajonovning urgan goli "Qo'qon-1912" klubi uchun 11 yil 4 oy 13 kundan so'ng oliy ligada urilgan dastlabki golga aylandi.

Jamoa oliy ligadagi so'nggi golni 2003 yilning 1 noyabr sanasida "Paxtakor" klubiga qarshi o'yinda urgandi - 3:2.

"Qo'qon-1912" kecha oliy ligada o'zining 281-uchrashuvini o'tkazdi va 107-g'alabasini qo'lga kiritdi. Jamoa hisobida 33ta durang va 141ta mag'lubiyat bor. To'plar nisbati 401-547. Qo'qonliklar 281ta o'yinda jami 354 ochko to'plashgan. Oliy liganing umumiy jadvalida "Qo'qon-1912" 18-pog'onada bormoqda. Undan keyingi o'rinlarni "Sho'rtan" va "Olmaliq" kabi klublar band etishgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia