Futzal. Oliy liga peshqadamida bosh murabbiy o'zgardi

Mirjalol Normatov
10 yanv 2026
Futzal bo'yicha O'zbekiston Oliy ligasi peshqadami BMB jamoasida bosh murabbiy almashtirildi.

"Oliy liga peshqadami - BMB PFC jamoasi murabbiylar shtabida o'zgarish yuz berdi. Klubning rasmiy telegram kanali xabariga ko'ra, jamoa bosh murabbiyi Dilshod Rahmatov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi tomonlarning o'zaro kelishuvi asosida bekor qilindi.

7-tur doirasidagi qolgan uchrashuvlarda jamoani maydonga shu kungacha bosh murabbiy yordamchisi sifatida faoliyat olib borgan Aziz Mamatov boshlab tushadi. Klub tasischilarining umumiy yig'ilishi qaroriga muvofiq, unga bosh murabbiy vazifasini vaqtincha bajarish mas'uliyati yuklatildi.

Klub rasmiy bayonotida quyidagilar takidlangan:

“Dilshod Rahmatov jamoamiz bilan birgalikda muhim bosqichlarni bosib o'tdi va klub tarixidagi yorqin lahzalarga o'z hissasini qo'shdi. Unga kelgusi murabbiylik faoliyatida muvaffaqiyat va yangi zafarlar tilab qolamiz.”

Kecha BMB jamoasi 7-turdagi ilk o'yinida "Dinamo"ga qarshi bahs olib bordi va 1:1 hisobida durang qayd etdi. Jamoa ayni damda 47 ochko to'plagan holda chempionat turnir jadvalida peshqadamlik qilib turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan